

Mazkur o'yindan keyin "Sheffild" hisobidagi ochkolar soni 54 taga etdi (6-o'rin). "Chelsi" esa 60 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 3-bo'lib turibdi. Biroq "Lester" (59) va "Manchester Yunayted" (58) klublari zahira o'yinlarida g'alaba qozonishsa "aristokratlar" 5-pog'onaga "sho'ng'iydi".
Angliya chempionati turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.
Sheffild Yunayted – Chelsi 3:0
11 iyul, 21.30, Bremell Leyn
Gollar:
1:0 – 18 Makgoldrik, 2:0 – 33 Makberni, 3:0 – 77 Makgoldrik.
Sheffild Yunayted – Xenderson, Stivens, Igan, Bashem (Djagelka, 68), Boldok, Berge (Landstrem, 63), Norvud, Osborn, O`Konnell, Makberni (Musse, 63), Makgoldrik.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Djeyms (Xadson-Odoi, 75), Kristensen (Ryudiger, 46), Barkli (Loftus-Chik, 78), Jorjino, Pulishich (Jiru, 66), Maunt (Alonso, 46), Villian, Abraxam.
Ogohlantirishlar:
Boldok (3).




