APL. "Liverpul" o'z uyida ochko yo'qotdi, "Chelsi" "Brentford"ni, "Vest Xem" esa "Tottenxem"ni mag'lub etdi

Alisher Ostonov
17 yanv 2026, 22:50
APL 22-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

26-daqiqada Joau Pedro hisobni ochdi. Kol Palmer 76-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, "aristokratlar"ning ishonchli g'alabasini taminladi.

"Chelsi" APLda 22 turdan so'ng 34 ochko bilan 6, "Brentford" esa 33 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. 





O'yinning 32-daqiqasida Dominik Soboslai penaltidan gol ura olmadi. Ammo, o'n daqiqa o'tib Florian Virc mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 65-daqiqada mehmonlar o'yinchisi Markus Edvards hisobni tenglashtirdi va jamoalar darvozasiga boshqa to'p kiritilmadi.

“Liverpul” 22 o'yindan so'ng 36 ochko bilan APL turnir jadvalida 4-o'rinda, “Byornli” esa 14 ochko bilan 19-o'rinda joylashgan.




15-daqiqada mehmonlar o'yinchisi Krisensio Sammervill hisob ochdi. “Shporlar” o'yinchisi Kristian Romero 64-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Kallum Uilson 90+3 daqiqada “Vest Xem”ga muhim uch ochkoni taqdim etgan golni urdi.

“Tottenxem” APLda 22 turdan so'ng 27 ochko bilan 14-o'rinda, “Vest Xem” esa 17 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.




O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia