APL. Belsa va Gvardiola jamoalari o'rtasidagi to'qnashuvda g'olib aniqlanmadi

Eldor Akmurzayev
3 okt 2020, 23:23
Angliya chempionati 4-turi doirasida o'tayotgan “Elland Roud”dagi bahs durang (1:1) qayd etildi.

“Man Siti” safida Rahim Sterlinga gol urgan bo'lsa, “Lids” tarkibida esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Rodrigo Moreno to'p kiritdi. Shu tariqa, o'yinda boshqa hisob o'zgarmadi. 

Marselo Belsa shogirdlari 7 ochko bilan 5-o'rinda turibdi, “shaharliklar” esa 4 ochko bilan 10-pog'onada bormoqda.

Lids – Manchester Siti 1:1 (0:1, 1:0)

Elland Roud

Gollar: 0:1 – 17 Sterling, 1:1 – 59 Rodrigo.

Lids – Mele, Kuper, Eyling, Kox, Dallas, Klix (Devis, 77), Fillips, Elder Koshta, Alioski (Poveda, 46), Roberts (Rodrigo, 56), Bemford.

Manchester Siti – Ederson, Ruben Diash, Mendi (Ake, 71), Laport, Uoker, Marez (Fernandino, 77), Foden, Ferran Torres (Bernardu Silva, 65), Rodri, Sterling, de Bryuyne.

Ogohlantirishlar: Bemford (12), Mendi (36), Dallas (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia