APL. “Man Siti” ilk davradagi mag'lubiyat uchun “Lester”dan revansh oldi

Eldor Akmurzayev
3 apr 2021, 23:25
Angliya chempionati 30-turidan shhrin olgan “Lester” – “Manchester Siti” uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bahsda Benjamin Mendi va Gabriel Jezusning gollari “shaharliklar”ga uch ochko keltirdi. 

Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari 1-davradagi 2:5 natijasi uchun o'ziga xos revansh olishdi. 

“Siti” ochkolari sonini 74 taga etkazgan holda yaqqol peshqadamlik qilmoqda, 56 ochkoga ega “tulkilar” esa 3-o'rinda qoldi.

"Lester" – "Manchester Siti" 0:2 (0:0, 0:2)

"King Pauer"

Gollar: 0:1 – 58 Mendi, 0:2 – 74 Gabriel Jezus.

"Lester" – Shmeyxel, Fofana, Evans, Kastan, Tilemans, Amarti, Olbrayton (Rikardu Pereyra, 71), Ndidi (Mendi, 83), Peres, Vardi, Ixeanacho (Meddison, 72).

"Manchester Siti" – Ederson, Ruben Diash, Uoker, Mendi, Laport, Fernandino, Rodri, de Bryuyne (Foden, 88), Marez (Ferran Torres, 79), Aguero (Sterling, 63), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Ndidi (32), Ederson (73), Fernandino (82), Amarti (87), Rodri (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia