Turning markaziy uchrashuvlari Rim va Milanda mamlakat grandlari ishtirokida o'tkaziladi. Unda “Roma” “Inter” bilan, “Milan” esa “Yuventus” bilan maydonga tushadi.
1 mart, shanba
00:45. ROMA – INTER
Taxminimiz – 2:1
Bugun turni “Olimpiko”da o'tadigan bellashuv ochib beradi. Birinchi davrada rimliklar 3:0 hisobida zafar quchishgandi. Valter Maccari jamoalari har doim yetakchilarga qarshi yaxshi o'ynay olmagan. Bu safar u Rudi Garsiyaga qarshi qanday chora qo'llashini ko'rib olamiz. Boshqa tarafdan milanliklarda bosim kamroq. “Roma” “Yuve”ni taqib qilayotgani bois bugun 3 ochkoga ega bo'lishi shart. Shu sababli Totti va Maykon singari yetakchilarsiz maydonga tushishiga qaramay, “Roma” ochko yo'qotishni xohlamaydi. Ishqibozlarni ajoyib va ehtiroslarga boy bahs kutib turganiga shubha yo'q.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Dodo, Balcaretti, Totti, Maykon – Kampanyaro.
2 mart, yakshanba
16:30. KALYARI – UDINEZE
Taxminimiz – 2:2
Sardiniyada o'tadigan uchrashuvda mehmonlarning imkoniyati yuqoriroq. Hech yo'g'i ochko olib ketish uchun. Oxirgi turlarda Franchesko Gvidolin shogirdlari o'zlariga kelib olishdi. Diego Lopes uchun mazkur bahs oxirgi imkoniyat ekanligini “Kalyari” rahbariyati ta'kidlab o'tgan.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Konti, Ekdal – Gabriel Silva, Laccari, Bubnich, Domicci.
19:00. VERONA – BOLONYA
Taxminimiz – 2:1
Veronaliklar Yevropa Ligasiga chiqish uchun kurashni davom ettirishmoqda. Mandorlini jamoasi butun Italiyani hayratga solishdan charchamayapti. Diamantidan ayrilgan “Bolonya”ga qolgan uchrashuvlarda qiyin bo'lishi turgan gap. “Verona” safida Luka Toni maydonga tushmaydi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Toni, Gonsalez, Mayetta – Pasenca, Akvafreska, Della Rokka.
19:00. JENOA – KATANIYA
Taxminimiz – 3:1
Genuyaliklar mavsumni ancha yaxshi o'tkazishmoqda. Har holda, o'tgan mavsumga nisbatan solishtirsak, shunday xulosa kelib chiqadi. Bir qator yosh futbolchilar ishonchni oqlab bo'ldilar. Siciliyaliklar esa “A” seriyada qolish uchun urinishyapti. Safar o'yinlarida “Kataniya”ga ijodkorlik borasida mahorat yetishmayapti.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Gamberini, Donnarumma, Kuchka, Vrshalko, Matuzalem – Kastro, Barrentos, Almiron, Bergessio.
19:00. ATALANTA – KEVO
Taxminimiz – 2:1
Bergamodagi bellashuvda mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati ko'proq. Chunki “Atalanta” o'z maydonida ijobiy natijalarga erishib keladi. “Kevo” esa mavsum boshida yo'qotgan ochkolari o'rnini ketma-ket erishilgan yutuqlar hisobiga qoplay oldi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Kaccola, Brienca, Skaloni, Nika, Bellini – Sardo, Paredes.
19:00. SASSUOLO – PARMA
Taxminimiz – 1:3
“Sassuolo” boshqaruviga Alberto Malezani keldi. Ushbu murabbiy “Parma” bilan UEFA Kubogida zafar quchgan. Endi esa “Parma” uni yanada qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin. Roberto Donadoni shogirdlari oxirgi marta “Yuventus”ga noyabr oyida imkoniyatni boy berishgandi. Shundan buyon parmaliklarni dog'da qoldiradigan jamoa topilmayapti.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Terranova, Aleks, Acherbi, Mazukki, Manfredini, Cigler – Korich, Munari.
19:00. TORINO – SAMPDORIYA
Taxminimiz – 3:2
“Torino” ham hujumkor va mazmunli o'yinlari bilan muxlislarda iliq taassurot qoldirmoqda. Turinliklar murabbiyi Ventura ko'p narsalarni o'zgartira oldi. Cherchi va Immobile juftligi chempionatdagi eng sermahsul tandemga aylanish imkoniyatiga ega. O'z maydonida “Sampdoriya”ga qarshi bellashuvda “Torino” ochko yo'qotmasa kerak. Chunki mehmonlar safida to'rt nafar asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushmaydi.
22:30. LIVORNO – NAPOLI
Taxminimiz – 1:1
O'rtamiyona va autsayderlar bilan o'yinlarda ochko yo'qotish bo'yicha “mutaxassis” jamoaga aylangan “Napoli” bu safar Livornoga safar qiladi. Demak, yana bir bor shunday holatni kutish xato bo'lmaydi. Iguainning o'ynay olmasligi neapolliklarga muammo tug'dirishi aniq.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Siligardi, Pikkini, Luchi – Suniga, Rafael, Albiol, Iguain.
00:45. MILAN – YUVENTUS
Taxminimiz – 1:2
Italiya va umuman jahondagi eng katta qarama-qarshiliklardan biri barchaning e'tiborini tortishi tabiiy. Faqat mazkur bellashuvda tomonlarda yo'qotishlar soni ko'proq. Mezbonlardan Shaaravi, Abbyati, Balotelli, Sapata va Muntari, “Yuve”dan Asamoa, Kellini va Vidalning maydonga tushmasligi ishqibozlarga yoqmayapti. Shunga qaramay, Balotelli, Asamoa va Kellinida hali oz bo'lsa ham imkoniyat mavjud. Klarens Zeedorf hozir keyingi mavsum uchun jamoa qurishni boshlab yuborgan. Turinliklar esa yakka peshqadam sifatida “San Siro”ga tashrif buyurishadi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: El-Shaaravi, Kristante, Silvestre, Abbyati, Balotelli, Sapata, Muntari – Asamoa, Kellini, Vidal, Vuchinich, Pepe.
00:45. FIORENTINA – LACIO
Taxminimiz – 3:1
“Lacio” oxirgi haftalarda yaxshi holatda emasdek ko'rinmoqda. Mezbonlar safida diskvalifikaciya tufayli Valero maydonga tushmaydi va bu katta qiyinchilik yaratishi mumkin. Lekin florenciyaliklar o'z uylarida bor kuchlari bilan harakat qilishadi. Mazkur bellashuvda g'alaba qozonish mezbonlar uchun hal etsa bo'ladigan vazifa hisoblanadi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Egazi, Rossi, Rebich, Paskual, Diakite, Pizarro, Valero – Alfaro, Poshtiga, Ederson, Dias.
Behzod Nazarov tayyorladi.