Apellyaciya ish berdi: PSJ futbolchisining jazosi engillashdi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025, 19:30
3 dekabr kuni UEFA intizom qo'mitasi PSJ himoyachisi Lukas Ernandesni Chempionlar Ligasida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda raqibga tirsak bilan zarba bergani uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilgandi.

Parijliklar bu qarorga rozi bo'lmadi va shikoyat kiritdi.

Apellyaciya natijasi PSJga maqul bo'ldi: UEFA Apellyaciya qo'mitasi amaldagi Chempionlar Ligasi g'olibining dalillarini inobatga olib, Ernandesning diskvalifikaciyasini bittaga qisqartirib, 2 ta o'yin etib belgiladi.

Fransiyalik himoyachi shu o'yinlardan birini "Atletik" Bilbaoga qarshi bahsda allaqachon o'tab bo'ldi, endi u faqat "Sporting"ga qarshi safardagi bahsni tribunalardan tomosha qiladi. Asosiy bosqichning so'nggi o'yini - "Nyukasl"ga qarshi bahsda esa Ernandes Luis Enrikening tanlovi uchun yana tayyor bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MSN