Anvar Berdiev: "O'yin final hushtagi chalinguniga qadar davom etadi"

Sherzod Nurmatov
26 mar 2022
Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "Turon" – "G'ijduvon" (1:0) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida 

- "G'ijduvon"ga qarshi o'yin qiyin o'tishini avvaldan bilgandik. Har bir uchrashuv alohida tarix va unga alohida yondashish kerak. Qaysi jamoaning tayyorgarligi yuqori bo'lsa, g'alabaga erishadi. Jamoamiz futbolchilariga sifatli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, bizni stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham rahmat aytaman. 

- Ikkinchi taymda tashabbus raqib tomoniga o'tib ketgandek ko'rindi...

- O'yin hakam tomonidan final hushtagi yangraguniga qadar davom etadi. Maydonda oxirigacha kurashish lozim. Goldan so'ng yigitlar xotirjamlikka berilishdi. 

- Himoyachilarning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Hisob 1:0 bo'lib turgan vaqtda himoyachilar katta bosimga uchrashadi. Zaxiradan himoyachini maydonga tushirdik va to'p o'tkazib yubormadik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia