

O'yin haqida
"Lokomotiv"ga qarshi yaxo'i tayyorgarlik ko'rgandik. Biroq guvohi bo'lganingizdek, shogirdlarimga biroz ishonch yetishmadi. O'tkazib yuborilgan gollar borasida etirozim yo'q. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Ular bejizga turnir jadvalida peshqadamlik qilmayapti. O'yinni tahlil qilamiz va kelgusi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.
Hakamlik haqida
- Hakamlar haqida ko'p gapirilmoqda. Ularni tekshiradigan qo'mitasi bor. Ishonch bilan ayta olamanki, Zoirov yiqitilgan vaziyatda penalti belgilashga asos bor edi.




