Anvar Berdiev: "Futbolchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch yetishmadi"

Alisher Ostonov
27 apr 2025, 21:40
Superliga 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Sho'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun erta gol o'tkazib yubordik va futbolchilarimiz go'yoki charchab qolishgandek ko'rinishdi. Yagona o'yin taqdirini hal etdi. "Paxtakor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman", - deya fikr bildirdi Anvar Berdiev bugungi uchrashuv haqida.


- "Sho'rtan"ga vaziyatlarni yaxshi yakunlay oladigan hujumchi yetishmayotgandek...

- Biz o'z imkon darajamizdan kelib chiqib futbolchilarni taklif etdik. Futbolchilarimizga o'ziga bo'lgan ishonch yetishmayotgandek. Futbolchilarimiz hali yosh va keyingi uchrashuvlarda kamchiliklarni to'g'rilaymiz. Keyingi uchrashuvlarni G'uzorda o'tkazamiz.

- Jamoangiz bugun faqatgina qanotdan oshirilgan paslar orqali hujum qildi, raqib darvozaboni esa bunday paslarni osonlik bilan bartaraf etdi. Aynan mana shunday vaziyatda jamoaga lider yetishmagandek tuyuldi...

- Vaqt kam qolgani uchun futbolchilarimiz shoshib qolishdi. Shaxsan men ham bunday futbol o'ynashga qarshiman. Ustiga-ustak yigitlar charchab qolishdi ham. Gapingiz to'g'ri, uzun paslar raqib darvozaboniga qulaylik yaratib berdi.

- Bugun "Paxtakor" omad evaziga g'alaba qozondi deb o'ylaysizmi?

- Omad ham kuchlilarga kulib boqadi. O'tgan turda "Paxtakor" eng kuchli jamoalardan biri "Neftchi"ni safarda yirik hisobda mag'lub etib keldi. Aytganimdek, futbolchilarimizga biroz ishonch yetishmadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia