Antonio Konte "Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin shogirdlaridan nimani so'ragandi?

Narzulla Saydullayev
21 avg 2017, 09:40
"Chelsi" ustozi Antonio Konte "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo bugun maydonda kuchli shijoat bilan harakat qilgan shogirdlarimga rahmat aytaman. Ular qiyin vaziyatdan chiqib ketishdi. Juda xursandman. O'tgan mavsumdagi ishtiyoq hamon bor. Muxlislarimiz muhim pallada bizga yordam berishdi. Bu o'yindan oldin futbolchilardan xarakter namoyish etishlarini so'radim, ular buni amalga oshirishdi", - deydi Konte Sky Sports nashriga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com