Antonio Konte: Italiya termasi to'g'ri yo'lda

Narzulla Saydullayev
5 sen 2014, 08:00
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Gollandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Natijadan tashqari men yigitlar qanday o'ynashlariga qiziqdim. Anchagina ijobiy holatlarni ko'rdim.

Birgalikda atiga 4 kun ishladik, ammo futbolchilar rivojlanishga intilishmoqda. Italiya terma jamoasi to'g'ri yo'ldan ketmoqda.

Tarkibimizda yoshlar ham, tajribali futbolchilar ham. Ular bilan chempion bo'la olamiz, – deydi Konte.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru