Antonio Konte: "Inter" ajoyib o'ynadi"

22 dek 2019, 10:35
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya 17-turi doirasidagi "Jenoa"ga(4:0) qarshi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bir qator ajoyib o'yinchilar yo'qligiga qaramay, ajoyib o'yin namoyish qildik. Bu qiyin o'yin edi, ammo yigitlarniing maydondagi mehnati tufayli bu sezilmadi. Endi futbolchilarimizda dam olish uchun vaqt bor. Yil yakuniga kelib 42 ochko to'plash juda yaxshi", – deydi italiyalik mutaxassis Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia