Antonio Konte: "Diego Kosta - jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2016, 10:52
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Midlsbro"ga qarshi uchrashuvdan (1:0) so'ng, bahsda yagona golga mualliflik qilgan Diego Kostani maqtadi.

"Kosta jamoa uchun juda muhim. Bugun u Azar va Pedro bilan juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bizga u, Azar, Villian va Pedroning gollari kerak.

Avvallari tez-tez uning feli haqida savol berishardi, hozir esa u jahonning eng yaxshi hujumchilaridan biri. U o'z energiyasini to'g'ri ishlatishni o'rganib olgani muhim. Diego Kosta to'psiz ham yaxshi harakat qilmoqda" - deydi Konte.

Kosta APLning 12 ta uchrashuvida 10 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru