Antonio Konte: “Chelsi” bilan shartnomam bor. Yana ko'p yillar bu joyda ishlamoqchiman”

Aslanov Jasurbek
11 may 2017, 22:54
“Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte “Inter” jamoasidan bo'layotgan qiziqish haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.

 

“Chelsi” bilan shartnomam yana ikki yil amalda bo'ladi. Har bir murabbiy yangi jamoada ish boshlar ekan, bu joyda ko'p yillar samarali mehnat qilib, yaxshi natijalarga erishishni istaydi. Shu jumladana men ham.  Ayni paytda men uchun eng muhimi – oldimizga qo'yilgan maqsadga erishish. Butun mavsum mobaynida amalga oshirgan ajoyib ishimizni munosib yakuniga etkazishimiz lozim. Bunga tayyor bo'lishimiz va eng muhim qadamni qo'yishimiz lozim.  G'alabaga erishishimiz  kerak va so'ngra bu yutuqni birgalikda nishonlaymiz”, deydi italiyalik mutaxassis.

“Chelsi” uch ochkoni qo'lga kiritsa, APL chempionligiga erishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail