Antonio Konte: Bu mavsum faoliyatimdagi eng qiyini bo'lishini his qilayapman

Narzulla Saydullayev
6 avg 2017, 11:45
Chelsi ustozi Antonio Konte yangi mavsumdan oldin o'z fikrlarni bildirdi.

Yangi mavsum faoliyatimdagi eng og'iri bo'lishiga bir necha sabablar bor, buni his qilayapman.

Angliyada bosim juda katta, bu jahonning eng kuchli chempionati, bu yerda olti klub chempionlik uchun kurashadi. Bittasi chempion bo'ladi, uchtasi YCHLga yo'llanma oladi.

Biz chempionlikka oxirigacha kurashamiz, bu oson bo'lmaydi. O'zimga o'zim bosim ham qilaman, bu yordam beradi, - deydi Konte.

Bugun Angliya Superkubogi uchun o'yinda Chelsi Arsenal bilan to'qnash keladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: chelseafc.com