Antiqa holat: Fransiyaning zaxirada qolgan futbolchilari "Spartak" yoshlari bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
17 iyun 2018, 12:26
Dide Deshamdan antiqa qaror.

"beIN Sports" xabariga ko'ra, Avstraliyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushmagan Fransiya termasi futbolchilari "Spartak"ning 19 yoshgacha bo'lgan jamoasiga qarshi uchrashuvda qatnashadi. O'yin bugun tunda bo'lib o'tadi.

Avstraliyaga qarshi bahsda Fransiyaning 9 yulduz futbolchilari: Stiv Mandanda va Alfons Areola, himoyachilar Odil Rami, Presnel Kimpembe, Benjamen Mendi va Jibril Sidibe, yarim himoyachilar Stiven N'Zonzi, Toma Lemar va Floryan Toven maydonga tushmagandi.

JCHning 2-turida Fransiya 21 iyun kuni Peruga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: beIN Sports