Ansu Fatining otasi: "O'g'lim Ispaniya emas, boshqa termada o'ynamoqchi"

Mirjalol Normatov
22 sen 2019
"Barselona"ning yosh futbolchisi Ansu Fatining otasi Bori Fatining aytishiga ko'ra, o'g'li Ispaniya termasida o'ynamoqchi emas.

"O'g'lim Portugaliya termasida o'ynashini doimo istaganman. Bu yaqin vaqtlarda ushaladigan uning ham orzusi. Yaqindagina Portugaliya futbol federatsiyasi direktori bilan bu borada gaplashgandim. Bir kunlik suhbatda biz barchasini kelishib olgandik. Hujjatli ishlar esa ertasi kuni hali qilinishini aytgandi. Biroq u shundan keyin menga qo'ng'iroq qilmadi.

"Barselona"dagi o'yinidan keyin Ispaniyadagilar bizga bosim qilishdi. Federatsiya prezidentining shaxsan o'zi menga qo'ng'iroq qilgandi. Ammo barchasi Ansuning qo'lida. U uyda ham Portugaliya termasi liboslarini kiyib yuradi", - dedi Bori.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express