

So'nggi paytlarda Anri "Arsenal" akademiyasiga yangi kelgan bolalar bilan ishlayotgan edi. U A kategoriyadagi licenziyani olganidan so'ng o'zini yuqoriroq darajada sinab ko'rmoqchi. "To'pchilar" o'smirlar akademiyasining rahbari Terriga 18 yoshgacha bo'lgan jamoani boshqarishni taklif qildi, ammo Venger bunga qarshi chiqdi.
Vengerning fikricha, "Arsenal" o'smirlarini faqat shu ishga bor e'tiborini qaratgan mutaxassis shug'ullantirishi kerak. Anri esa televideniyada ekspert sifatida ham ishlaydi. Terri o'smirlar bilan tekinga ishlashga rozi edi, ammo bu variant ham Arsenni qoniqtirmadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Venger raqobatdan qo'rqyapti, chunki Anri tez orada uning joyiga da'vogar bo'lishi mumkin.


