Angliya terma jamoasi JCH saralash bosqichi uchrashuvlari uchun qaydnomasini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
14 mar 2025, 14:38
Tomus Tuxel Angliya milliy terma jamoasining navbatdagi yig'iniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.

21 mart kuniga belgilangan Albaniya va 24 mart sanasiga qo'yilgan Latviya bilan bahslarga quyidagi futbolchilar chaqirildi:

Darvozabonlar - Din Henderson ("Kristal Pelas"), Jordan Pikford ("Everton"), Aaron Remsdeyl ("Sautgempton"), Jeyms Trafford ("Byornli").

Himoyachilar - Den Byorn ("Nyukasl"), Levi Koluill ("Chelsi"), Mark Gexi ("Kristal Pelas"), Ris Jeyms ("Chelsi"), Ezri Konsa ("Aston Villa"), Lyuis-Skelli ("Arsenal"), Tino Livramento ("Nyukasl"), Jarell Kuansa ("Liverpul"), Kayl Uoker ("Manchester Siti"/"Milan").

Yarim himoyachilar - Jud Bellingem ("Real"), Eberechi Eze ("Kristal Pelas"), Jordan Henderson ("Ayaks"), Kyortis Jons ("Liverpul"), Koul Palmer ("Chelsi"), Deklan Raysi ("Arsenal"), Morgan Rojers ("Aston Villa").

Hujumchilar - Jarrod Bouen ("Vest Xem"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Entoni Gordon ("Nyukasl"), Harri Keyn ("Bavariya"), Markus Reshford ("Manchester Yunayted"/"Aston Villa"), Dominik Solanke ("Tottenxem").

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/England