1 iyul kuni JCH saralash bosqichi uchinchi raundiga qur'a tashlanadi

Xayrulla Xoliqov
16 iyun 2021, 12:24
Kecha Osiyo qitasi bo'ylab o'tkazilgan o'yinlardan so'ng hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olgan barcha jamoalar ma'lum bo'ldi.

Guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga chiqqan jamoalar:

Suriya

Avstraliya

Eron

Saudiya Arabistoni

Yaponiya

BAA

Janubiy Koreya


Eng yaxshi ikkinchi o'rin bilan yo'l olgan jamoalar:

Xitoy

Iroq

Ummon

Vetnam

Livan

Hal qiluvchi uchinchi bosqichda jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa to'g'ridan to'g'ri jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Uchinchi o'rinni egallaganlar o'zaro pley-off bahsida maydonga tushishadi va yutgan jamoa OFK, KONKAKAF, KONMEBOL va Okeaniya o'rtasida tashkil etialdigan qitalararo pley-off uchrashuvlariga yo'l oladi. 

Osiyo uchun hal qiluvchi uchinchi raund bahslariga 1 iyul kuni qur'a tashlanadi. Savatchalarga jamoalar FIFA reytingidagi o'rinlariga ko'ra taqsimlangan.  

Birinchi savatcha: Yaponiya, Eron.

Ikkinchi savatcha: Janubiy Koreya, Avstraliya.

Uchinchi savatcha: Saudiya Arabistoni, Iroq.

To'rtinchi savatcha: BAA, Xitoy.

Beshinchi savatcha: Suriya, Ummon. 

Oltinchi savatcha: Vetnam, Livan

Bu degani bitta savatchadagi jamoalar keyingi bosqichda bir-biriga raqib bo'lmaydi. Masalan, Yaponiya joy oladigan guruhda Eron bo'lmasligi aniq. 


Taqvim ham tayyor

JCH saralash uchinchi raundda o'tkaziladigan o'yinlar uchun yangi taqvim ham ishlab chiqilgan. Bahslar shu yilning 2 sentyabridan boshlanib, kelasi yilning 29 mart sanasida tugaydi.

1-tur. 2 sentyabr

2-tur. 7 sentyabr

3-tur. 7 oktyabr

4-tur. 12 oktyabr

5-tur. 11 noyabr

6-tur. 16 noyabr

7-tur. 27 yanvar

8-tur. 1 fevral

9-tur. 24 mart

10-tur. 29 mart

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia