Angliya San-Marinoga yutqazib qo'ymasa JCHga chiqadi

Aziz Tukhtamuradov
13 noya 2021, 09:08
Angliya terma jamoasi JCH-2022 saralashida Albaniyani, Polsha esa Andorrani mag'lubiyatga uchratdi.

Saralash yakunlanishiga bitta tur qolganida I guruhida Angliya 23 ochko bilan birinchi, Polsha esa 20 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. 

Oxirgi turda Angliya - San-Marino, Polsha - Vengriya o'yinlari o'tkaziladi. 

Agar Angliya ushbu o'yinda yutqazmasa JCHga chiqishi aniq. Agar yutqazsa, Polsha yirik g'alabaga erishib, JCHga yo'l olishi mumkin. 

Ushbu vaziyatda Polsha kamida pley-off bahslarida ishtirok etishni o'zi uchun kafolatlab qo'ydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia