Angliya kubogi. "Arsenal" musobaqa rekordini o'rnatdi

19 iyul 2020, 02:24
Angliya kubogi 1/2 final bosqichida "Arsenal" "Manchester Siti"ni mag'lubiyatga uchratdi. "Uembli" (London) stadionida o'tkazilgan uchrashuv to'pchilar foydasiga hal bo'ldi (2:0).

Ikkala gol ham Per-Emerik Obameyang hisobiga yozildi: gabonlik hujumchi 19-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 71-daqiqada tablodagi yakuniy natijani o'rnatdi - 2:0.

Shu tariqa londonliklar 21-bor Angliya kubogi finalida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi. Takidlash lozimki, "Manchester Yunayted" klubi ertaga "Chelsi" to'sig'idan o'ta olsa, mazkur natijani takrorlashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "kanonirlar" Angliya kubogida g'alaba qozonish bo'yicha ham musobaqa rekordchisi hisoblanadi. "Arsenal" ushbu turnirda 13 bor g'olib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24