

O'yin haqida
- O'tgan 8 tur ichidagi eng qiyin o'yin shu bo'ldi. Imkon qadar tayyorgarlik ko'rdik. Kiyim almashtirish xonasida ham aytdim, hech qaysi futbolchiga etiroz yo'q. Ular 90 daqiqa davomida so'ralgan narsani qilishdi va g'alaba uchun o'ynashga harakat qilishdi. Omad biroz yuz o'girdi. O'yin yakunida Javohir (Siddiqov - tahririyat) gol ursa bo'lgani edi. “Andijon” ham omadsiz o'yinlardan so'ng yaxshiroq natija qayd etishga kelgandi. Bizda uzoq safar bo'ldi, raqibimiz bizdan ko'ra 2 kun ko'proq dam oldi. Endi Navoiyga ketamiz, bu yerda ham shunday vaziyat. Buni umuman tushunmayapman. Bir kun ko'proq bo'lganda ham tetikroq bo'lardik. Shunga qaramay, maydonda hech kim yotib olgani yo'q. Farhodni zaxiradan tushurishni juda ham xohlagandim, ammo “Andijon”dagi o'yinchi almashtirishlarga qarshi yo'l tutdik. Natija adolatli. “Andijon” ham vaqt poyladi va yaqinlashishga urindi. Yaxshiyamki, bugun to'xtalishlar bo'lmadi. Hech kimga VARga yugurmadi. Bu bizga ancha yordam berdi. O'ylaymanki, bizga 5-7 foiz kuch yetishmadi.
- Tabatadzeni Nimelining o'rniga emas, balki boshqa o'yinchining o'rniga kiritib, ikkita hujumchi bilan o'ynasak bo'lmasmidi?
- Nimeli Xorazmda juda yaxshi harakat qilgandi. Men jamoa ichidagi barcha narsani OAVga chiqara olmaydi. Biz sun'iy maydonda o'ynadik va unda biroz jarohat bor edi. Jarohat xavfini oshirib yubormaslik uchun unga loyiq o'yin vaqtini berdik. Unga hech qanday etiroz yo'q. Toma o'yinni kuchaytirdi. Javohir ham maydonga tashlandi. Umuman olganda, o'zgarishlarimizning barchasi hujumga qaratilgan edi.



