

- Fransiyadagi katta musobaqada ishtirok etish va bu erda bo'lish juda yoqimli. Ukraina terma jamoasi Yevropa chempionatiga qadar juda keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdi va uzoq yo'lni bosib o'tdi. Yevropa chempionatiga o'ynashga loyiqligimizni isbotladik.
Guruhdagi ilk o'yin juda jiddiy raqib, Germaniyaga qarshi kechadi. Umuman bizning guruhdagi barcha uchrashuvlar qiyin bo'ladi. Birinchi uchrashuvda biroz asabiy holat kuzatilishi mumkin. Biz barcha raqibga qarshi jamoaviy o'yin taklif etamiz. Alohida futbolchilar borasida Germaniyadan kuchsiz hisoblanishimiz mumkin. Ammo jamoaviy o'yin evaziga yaxshi natijaga harakat qilamiz. Guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz va shundan foydalanishga harakat qilamiz.



