

Avvalo “Neftchi” jamoasi bosh murabbiy Andrey Fyodorov bugungi o'yin haqida, quyidagi fikrini aytib o'tdi.
-Bugun birinchi bo'limda biz yaxshi harakat qildik. “Nasaf” esa biz kutgan o'yinni namoyish etdi. Biz bugun o'zimizning qo'pol xatolarimiz evaziga darvozalarimizdan gollar o'tkazib yubordik va natijada mag'lubiyatga uchradik. O'ylamanki, bu xatolarimiz ustida ishlaymiz va keyingi o'yinlarda bunday xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz.



