Andrey Fyodorov: "Uchrashuvga to'liq tarkib bilan tayyorlanish uchun vaqt kam bo'ldi"

15 sen 2018, 00:22
Superliga 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey FYODOROV o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

PEPSI Superligasining 23-turi doirasida "Metallurg" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Uchrashuvga qattiq tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik. Ammo bahsga to'liq tarkib bilan tayyorlanish uchun vaqt kam bo'ldi. To'g'risini aytsam, o'yin boshlanishidan oldin "Metallurg" shunday bosim uyushtirishini bilgandim. Ammo, yigitlar shunday bosimdan chiqib keta olishni uddalaganlaridan mamnun bo'ldim.

Agarda ertaroq yaratilgan vaziyatlardan foydalanib, gol urganimizda, o'yinni, asosiysi so'nggi daqiqalarni xotirjamlik bilan o'tkazgan bo'lardik. Barchasi yaxshiku, ammo bir jihatni tushunmadim. Referining zaxirada o'tirgana futbolchimizga qizil bergani tushunarsiz bo'lib qoldi.

"Lokomotiv" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia