Andrea Ranokkiya “G'alaba yo'liga qaytishimiz kerak”

Aslanov Jasurbek
20 noya 2020
“Inter” himoyachisi bo'lajak bahslar oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Mavsumni yaxshi boshladik. Endi esa g'alaba yo'liga qaytib olishimiz kerak. Dastavval dam olish kunlarida bo'lib o'tadigan “Torino”ga qarshi bahs bor.

“Real” ustidan qozoniladigan g'alaba bizning Yevropadagi sarguzashtlarimiz davom etishi uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi”, - deydi Ranokkiya.

Ma'lumot uchun, “Inter” YCHLning ortda qolgan 3 ta turidan so'ng 2 ochko bilan so'nggi o'rinda bormoqda. “Real”ga qarshi 4-turdagi durang ham klubni plef-off yo'llanmasi uchun kurashdan chetga chiqishiga sabab bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia