Andrea Pirlo: Buffon – noyob darvozabon

17 sen 2015, 22:05
Nyu-York Siti futbolchisi Andrea Pirlo sobiq jamoadoshi Djanluidji Buffon haqida iliq fikrlar bildirdi.


"Men Buffon bilan birga 15 yil to'p surganimdan baxtliman. Bu borada omadli insonman deya olaman. Buffon noyob darvozabon. Balki Jiji futbol tarixidagi eng kuchli darvozabon bo'lishi ham mumkin. Uning mashg'ulotlarda qanday ishlashini kuzatish juda maroqli. "Yuventus" juda yaxshi o'ynadi va muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Har bir o'yinga har xil yondoshish kerak. Asosiysi xato qilmaslik kerak", - deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru