Andrea Barcali: "Men o'zimni futboldan tashqarida ko'ra olmayman"

Aslanov Jasurbek
18 may 2019
"Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Barcali futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'z kelajagi uchun hali qaror qabul qilmaganligini tan oldi.

Oldinroq, 38 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilgan edi.

"Men kundalik ishlarni, hazillarni, jamoadagi do'stlarim bilan boshdan kechirgan kunlarimni sog'inaman. Endi men uchun yangi sarguzashtlar boshlanadi. Kelasi yil qaysi yo'ldan kyetishimni aniqlab olishim muhim. Ammo o'zimni futboldan tashqarida ko'rmayapman" - deydi Barcali.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia