Andijonda bolalar turniri bo'lib o'tdi FOTO

Narzulla Saydullayev
22 fev 2015, 16:02
2015 yil 10 – 14 fevral kunlari Andijon shahrining Sho'rbuloq dahasida joylashgan Andijon shahar futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'yingohida Andijon viloyati futbol federatsiyasi kubogi musobaqasi o'tkazildi.
Andijon viloyati futbol federatsiyasi kubogi musobaqasida
160 nafar bolalar 8 jamoa 2 guruhga bo'lingan holda yuqori saviyada ishtirok etdilar.

1-guruh
AVFIMI – 2  
FIMI – 1  
VBO'FM – 1   
Bar.avl. BUSM  
 
2-guruh
AVFIMI – 1
FIMI – 2
VBO'FM – 2
And.t. BO'FM

Guruhlarda 1-2 o'rinni egallagan jamoalar yarim finalda qatnashish huquqini qo'lga kiritdilar. Uchrashuvda
“FIMI-1” 4 – 0 “AVFIMI-1” va “FIMI-2” 1 – 2 “AVFIMI-2” natijalari qayd etildi. Musobaqa finalida ikki jamoa
“FIMI-1”  4 – 1 “AVFIMI-2” uchrashishdi va “FIMI-1” jamoasi g'alaba qozonib Andijon viloyati futbol federatsiyasi kubogini qo'lga kiritdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra 1-o'rinni “FIMI-1”, 2-o'rinni “AVFIMI-2”, 3-o'rinni “AVFIMI-1” va 4-o'rinni “FIMI-2” egalladilar. G'oliblar Andijon viloyat futbol federatsiyasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamoat fondi viloyati filiali hamda “Kamolot” YOIX viloyat Kengashining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia