Uchrashuv Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan futbol maktab internatida bo'lib o'tdi. Andijon viloyati hokimi uchrashuv chog'ida “Andijon” jamoasi uchun kerakli barcha yordamlarni berishini va bundan keyin muammolar bo'lmasligini aytib o'tdi. Shuni aytib o'tish kerakki, viloyatimiz hokimi tashabbusi bilan “Sog'lom avlod” stadionining echinish-kiyinish xonasida ta'mirlash ishlari olib borildi va ayni paytda yakunlanish arafasida.
Chempionatning 5-turida, 18 aprel kuni “Andijon” jamoasi o'z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladi. Shu kuni “Sog'lom avlod” stadionida chempionatning ochilish uchrashuvi bo'ladi. 18 aprelga qadar stadionda barcha ishlar yakunlanadi. Bundan tashqari SH.Abdurahmonov “Andijon” klubi qoshidagi Bo'ston dahasida joylashgan futbol maktabi maydonlarining sifatini yaxshilab, bemalol mashg'ulot o'tkazish imkoniyatini yaratib berishini ham ta'kidladi. Shu bilan birga viloyatimiz hokimi jamoani moliyaviy qo'llab-quvvatlab borishini ham ma'lum qildi. Bunga javoban “Andijon” jamoasi chempionatda yaxshi natijalar qayd etib, muxlislarni xursand etishini SH.Abdurahmonov so'zining oxirida aytib o'tdi.
Uchrashuv davomida “Andijon” jamoasi sardori Rasul Rahmonov so'zga chiqib, jamoaga viloyat hokimligi tomonidan berilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi va bunga javoban yaxshi natijalar ko'rsatishga vada berdi.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” jamoamiz chempionatda shu kungacha o'tgan 4ta turning barchasini safarda o'tkazdi va bu o'yinlarda bir ochkoni qo'lga kiritdi. 18 aprel kuni esa jamoamiz o'z maydonidagi dastlabki uchrashuvni “Buxoro”ga qarshi o'tkazadi.
“Andijon” klubi matbuot xizmati.