"Andijon" safiga yangi o'yinchilarning kelib qo'shilishi davom etadi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2015, 12:36
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda o'tkazayotgan "burgutlar" safiga yangi futbolchilarning kelib qo'shilishi davom etadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Aziz G'ulomxo'jaev ("Obod"), Xolmurod Xolmurodov ("Mashal"), Sardor Azimov ("Bunyodkor") va Davron Mirzaev kuni-kecha "Andijon" yig'iniga kelib qo'shilgan. Shuningdek yaqin kunlarda legionerlar kelishi kutilmoqda. Ularning orasida muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Predrag Vuyovich ham bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia