Bugun ikkita o'yin o'tkazish rejalashtirgandi va shulardan biri bo'lib o'tdi. "Bunyodkor" yoshlar jamoasiga qarshi kechgan nazorat bahsida Edgar Gess ikkinchi tarkibni maydonga tushirdi. Shuning jamoa safiga qo'shilgan yangi futbolchilarni ham sinab ko'rdi. Uchrashuvda andijonliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. "Andijon"dan gollarga Komil Nizomov bilan To'lqin Mirzaev mualliflik qilishdi.
Kuni kecha tarkibga bir nechta yangi o'yinchilar qo'shildi. Ilgari "To'palang", "Mashal", "Qizilqum" va "Dinamo" jamoalarida o'ynagan hujumchi To'lqin Mirzaev ko'rikdan o'tkazilyapti. Bundan tashqari xuquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan va o'tgan yili "Dinamo"da to'p surgan Farruh Shotursunov ham mashg'ulotlarda qatnashmoqda. "Bunyodkor" yoshlariga qarshi kechgan o'yinda Gess bu futbolchilarni maydonga tushirib sinab ko'rdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida jamoamiz birinchi liga vakili "Oq-tepa"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.