

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, endi darvozabonlar murabbiyiga ham javob berib yuborildi. Shu yilning boshida Andijon futbol akademiyasidan taklif etilgan mahalliy yosh murabbiy Azizbek Obabakirovga jamoada uzoq vaqt ishlash nasib etmadi va u ham yaqinda "burgutlar" lagerini tark etdi.
Uning o'rniga esa toshkentlik Aleksandr Kit taklif etildi. Ushbu 36 yoshli mutaxassis oxirgi vaqtlarda faoliyatini qo'shni Tojikistonda davom ettirib kelayotgan edi. Aleksandr Kit ilgari "Andijon"ni Azamat Abduraimov boshqarganida jamoada ishlagandi.



