Andijonda yana bir xususiy futbol klub faoliyatini boshladi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2022, 19:27
Andijon viloyatida futbol ommaviyligini oshirish, yosh avlodni professional futbolga o'tishida munosib hissa qo'shish, mamlakatimizning turli yosh toifalaridagi terma jamoalariga nomzodlarni etkazib berish maqsadida yana bir xususiy professional futbol klubi faoliyatini boshladi.

"Andijon shiringaz servis" korxonasi rahbariyati Andijon futbol akademiyasi bilan hamkorlikda,  bevosita ushbu dargoh tarbiyalanuvchilari ishtirokida professional futbol klubini tashkil etdi. "Andijon-SGS"  nomi bilan bu yil O'zbekiston birinchi liga musobaqasida ishtirok etadigan ushbu yosh jamoa bugun O'zbekiston Coca Cola Kubogining dastlabki bosqichida ilk uchrashuvini o'tkazdi. 

Toshkent shahrida mahalliy Do'stlik jamoasiga qarshi kechgan bahsda andijonlik yosh futbolchilar uchrashuvning asosiy daqiqalarida 1:1 hisobida durangga imzo chekib,  yakunda penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g'alaba qozondi. 

Ma'lumot uchun, "Andijon-SGS" jamoasiga iqtidorli murabbiy  Shoxruh Ishanov bosh murabbiylik qilib kelmoqda.  Jamoa o'zagini asosan 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil etadi. Ularning orasida Rauf Inileev boshqaruvidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga nomzod o'yinchilarning ham borligini alohida etirof etish lozim.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia