Andijonda avtosanoat tizimidagi qo'shma korxonalar o'rtasidagi musobaqa bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2018, 14:25
Shu yilning iyul oyida avtosanoat tizimida faoliyat yurituvchi qo'shma korxonalar o'rtasidagi futbol musobaqalari bonlangan edi.

Mazkur musobaqada vodiy viloyatlarida bir tarmoqda ish olib boruvchi  korxonalarining 9 ta jamoalari ishtirok etdilar.

Jamoalar musobaqada ikki guruhga bo'lingan holda qatnashdi. To'rt oy davomida bahslar,  haftaning shanba va yakshanba kunlari “Sog'lom Avlod” o'yingohi, Bo'ston dahasidagi BO'FM hamda Sho'rbulokdagi futbol akdemiyasining futbol maydonlarida bo'lib o'tdi.

28 oktyabr kuni Sho'rbuloqdagi futbol akademiyasi o'yingohida “O'FA kubogi” musobaqasining Super kubok uchun final o'yini o'tkazildi. Final bahsida Andijon viloyatining “UzTong Xong Ko” qo'shma korxonasi hamda Farg'ona viloyatida faoliyat yurituvchi “Uz Sang Vu” qo'shma korxonalari jamoalari o'zaro kuch sinashdilar. Bellashuvda “Uz Ton Xong Ko” jamoasi 3-0 hisobida g'alaba qozoniib, “Super Kubok” ni qo'lga kiritdi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov har ikki finalchi jamoalarni qutlab, g'oliblarga Kubokni topshirdi.    

Elmurod Ermatov, Andijon

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia