

O'tgan mavsum “Metallurg” sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Muhammad Isaev va hujumchi Murod Bobojonov kuni-kecha “burgutlar”ning yig'iniga taklif etildi. Ushbu futbolchilarning 2020 yilgi Superligadagi statistikasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Isaev 10ta o'yinda jami 658 daqiqa maydonda xarakat qilgan bo'lsa, Bobojonov 18 uchrashuvda (528 daqiqa) ishtirok etib, o'z aktiviga 2ta gol yozdirib qo'yishga erishgandi.
Shuningdek “Navbahor” yoshlar jamoasidan Abdulhay Ismoilov ham hozirda “Andijon” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini aytish lozim.
Bundan tashqari poytaxtdagi ko'rik davomida murabbiylar shtabi yana bir nechta yosh o'yinchilarni sinovdan o'tkazmoqda.



