"Andijon" Turkiyada 7ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Barcha raqiblar ma'lum

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2024
“Andijon” jamoasi bugun, 24 yanvar kuni xorij yig'inini o'tkazish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oldi.

U yerda oldindan rejalashtirilganidek, "burgutlar" 7 ta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Shuni takidlash o'rinliki, “Andijon”ning u yerdagi barcha sparring-raqiblari nomi ma'lum bo'ldi.
Jumladan, 9-fevral kuni Slovakiyaning “Belusa” jamoasi raqib vazifasini bajaradi.

12-fevral sanasiga esa ikkita o'yin belgilangan bo'lib, ulardan biri Ukrainaning “Oleksandriya” klubiga qarshi o'tishi lozim edi. Biroq o'zgarish yuz berdi va ushbu klubning o'rniga 12-fevral sanasida Latviyaning “Valmiera” jamoasiga qarshi bahs olib boriladi. Rejaga ko'ra, "Andijon" 4 va 12-fevral kunlariga ikkita o'yinda maydonga tushadi.

“Andijon”ning Antaliya yig'inidagi barcha raqiblari

27 yanvar (shanba)
“Andijon” – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi

1 fevral (payshanba)
“Andijon” – SSKA (Rossiya)

4 fevral (yakshanba)
“Andijon” – “Selimbar” (Ruminiya)
“Andijon” – “Chernomorec” (Ukraina)

9 fevral (juma)
“Andijon” – “Belusa” (Slovakiya)

12 fevral (dushanba)
“Andijon” – “Korvinul Xunedora” (Ruminiya)
“Andijon” – “Valmiera” (Latviya)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати