

Andijondagi “Bobur arena” rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor emasligi bois Andijon-SGS o'z uy o'yinlarini Yaypanda o'tkazib kelayotgan edi. 14 aprel kungi bellashuv esa istisno sifatida Qo'qonda o'tkaziladi. Tomonlarning ikkinchi davradagi o'zaro o'yiniga ham mazkur shahar mezbonlik qiladi.
Andijon-SGS - Qo'qon-1912 uchrashuvi 14 aprel kuni soat 15:55 da boshlanadi.



