"Andijon" safiga turkiyalik futbolchi kelib qo'shildi

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2023, 22:01
Bugun “Andijon” jamoasi yig'iniga turkiyalik futbolchi Mehmet Ilhan qo'shildi.

Futbolchi “Antalyaspor” U-21 jamoasida o'zini ko'rsatgan. Yozgi yig'inda esa “Antalyaspor” bosh murabbiyi Nuri Shahin tomonidan asosiy jamoaga jalb qilingan. Aytish joizki, Ilhan ikkala qanot yarim himoyasida o'ynay oladi. 

“Andijon” klubining “Antalyaspor” bilan o'zaro hamkorlik borasida kelishuvi yo'lga qo'yilgan. Yodingizda bo'lsa, qishda Rubin Xebay ham aynan "Antalyaspor" klubi tavsiyasiga ko'ra taklif qilingandi. 

Endilikda mazkur hamkorlik doirasida “Antalyaspor” Ilhanni “Andijon” klubining taklifiga binoan ko'rikka kelishiga rozilik bildirdi. Shu bois vodiyliklarning mazkur yig'ini davomida futbolchi ko'rikda bo'ladi. 

Kecha Antaliya-Toshkent yo'nalishi bo'yicha poytaxtimizga yetib kelgan futbolchi bugun jamoaning Tojikistondagi yig'iniga qo'shildi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Андижон" ФК матбуот хизмати