"Andijon" safida uch nafar moldovalik futbolchi ko'rikdan o'tishmoqda

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2016, 20:41
"Andijon" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Burgutlar" safida uch nafar moldoviyalik futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. 1987 yilda tug'ilgan himoyachi Denis Ilesku "Dinamo-Avto" klubidan keldi. 1990 yilda tug'ilgan tayanch yarim himoyachisi Evgeniy Chelyadnik "Akademiya" klubidan tashrif buyurdi. Nihoyat 1988 yilda tavallud topgan hujumchi Andrey Bugnyak "Dachiya" klubidan O'zbekistonga keldi.

Hozircha bu o'yinchilar "Andijon"da ko'rikdan o'tishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia