"Andijon" rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2026
Bungacha klub bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Elbek Samatov sport direktori lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning o'rnini Ziyod Mashrapov egalladi.

"Ziyod Shuhratovich 1988 yilning 11 may sanasida Andijon shahrida tavallud topgan. 

Ma'lumot uchun, Ziyod Shuhrtarovich bunga qadar Andijonda "Asakabank", "MakrofarmAndijon MCHJ" korxonalarining boshqaruv tizimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda esa "MED SITI" sihatgohi rahbari.

Ziyod Shuhratovich "Andijon" klubiga befarq emas va doim jamoa uchun jon kuydirib, qo'llab-quvvatlab kelgan tadbirkorlardan hisoblanadi. 

Aytish lozimki, o'z vaqtida jamoa a'zolari muhtasham "MED SITI" sihatgohidan qarorgoh sifatida ham foydalanib kelgan", – deyiladi xabarda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати