“Andijon”: “Paxtakor”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik Toshkentda boshlandi

3 mar 2016, 13:58
Ikki kunlik dam olishdan so'ng “Andijon” jamoasi kecha poytaxtda yig'ildi.

Jamoamiz “Grand atlas” mehmonxonasiga joylashdi. Mashg'ulotlar “Bunyodkor” akademiyasining tabiiy mashg'ulot maydonida o'tkazilmoqda. Ma'lumki 7 mart, dushanba kuni chempionatning ilk turida “burgutlar” safarda “Paxtakor” bilan ro'baro' keladi. Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik Toshkentda kechayotganini aytish lozim.

Tarkibda hozircha o'zgarishlar yo'q. Bugun serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovichning klubimiz ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda. 


"Andijon" FK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia