"Andijon": Navbatdagi yig'in Toshkentda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2016, 10:00
16 yanvar kuni "Neftchi" yoshlar jamoasiga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvidan keyin "Andijon"ning ikkinchi yig'ini nihoyasiga etdi.

Jamoaning mazkur yig'ini ikki hafta davom etdi. O'yindan keyin murabbiylar futbolchilarga bir kunlik dam berishdi.

18 yanvar kuni "Andijon" Toshkentga yo'l oladi. Jamoamizning uchinchi yig'ini poytaxtda davom etadi. Ushbu yig'in davomida andijonliklar uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi. Bu o'yinlarda jamoamizning sparring raqiblari "Olmaliq", "Obod" va "Metallurg" klublari bo'lishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Toshkentdagi yig'inda "Andijon" safiga yangi o'yinchilar ham qo'shiladi.

"Andijon" jamoasi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia