

"Xabaringiz bor, jamoamiz a'zolari yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ma'lumot berganimizdek, mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan Namangan shahridagi “Yosh kuch” stadionida o'tkazilmoqda. Jamoaning bugungi kechki mashg'ulotida ikki nafar serbiyalik futbolchilar ishtirok etdi. Ular himoyachi Nikola Tasich va yarim himoyachi Marko Potenjinendir.
Jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarligi doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishi borasida ma'lumot bergandik. Shunday o'yinlarning dastlabkisi 13 va 16 yanvar kunlari Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi o'tkaziladigan bo'ldi.
Andijonliklar bilan ilk bahs 13 yanvar kuni Namangan shahridagi “Yosh kuch” stadionida soat 12:00 da start oladi”, deb yoziladi klub xabarida.



