"Andijon" klubi bir nechta legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolagini rasman e'lon qildi

Administrator
15 fev 2023, 00:52
Elitaga qaytgan klub o'z tarkibini bir necha legionerlar bilan to'ldirdi.

"Andijon" klubi rasman bir necha legioner futbolchilar va murabbiylar shtabi a'zolari bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 

Jumladan, klub darvozabon Igor Litovka, yarim himoyachilar Levan Arveladze va Nodari Kavtaradze bilan rasman ikki yillik shartnoma tuzganini ma'lum qildi. Bundan tashqari, "Andijon" klubi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Anatoliy Kurlaev va yordamchi murabbiy Nikolay Shevchenko bilan ham bir yillik bitim imzolagan.


Nodari Kavtaradze

Tug'ilgan sanasi: 02.01.1993

Ampluasi: yarim himoyachi

Bo'yi: 170

Vazni: 67 kg

To'p surgan klublari: “Lokomotiv-2” (Rossiya), “Tyumen” (Rossiya), “Volga” (Rossiya), “Drujba” (Rossiya), “Rosich” (Rossiya), “Lokomotiv” (Gruziya), “Dila” (Gruziya), “Torpedo” Kutaisi (Gruziya), “Dinamo” Tbilisi (Gruziya), “Mezyokyoveshd” (Vengriya), “Saburtalo” (Gruziya).


Igor Litovka

Tug'ilgan sanasi: 05.06.1988

Ampluasi: darvozabon

Bo'yi: 193

Vazni: 89 kg

Fuqaroligi: Ukraina

To'p surgan klublari: “Elektrometallurg-NZF AAFU” (Ukraina), “Sevastopol” (Ukraina),  “Tavriya” (Ukraina), “Olimpik” (Ukraina), “Voluntari” (Ruminiya), “Riga” (Latviya), “Desna” (Ukraina), “Zagora” (Xorvatiya).


Levan Arveladze

Tug'ilgan sanasi: 06.04.1993

Ampluasi: yarim himoyachi

Bo'yi: 181

Vazni: 71 kg

Fuqaroligi: Ukraina

To'p surgan klublari: “Dnepr” (Ukraina), “Krivbass” (Ukraina), “Skala” (Ukraina), “Agrobiznes-TSK” (Ukraina), “Neftyanik-Ukrneft” (Ukraina), “Zarya” (Ukraina), “Desna” (Ukraina), “Torpedo” Kutaisi (Gruziya).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати