Andijon ishqibozlari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2016, 11:46
Kelayotgan yangi haftada oliy liganing ikkinchi davra o'yinlari boshlanadi.

Andijon ishqibozlar klubi ham ikkinchi davra bahslari oldidan o'zgacha ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda. 3 avgust, chorshanba kuni bo'ladigan Paxtakorga o'yinga ishqibozlar klubi maxsus futbolkalarni joriy etdi. Uning rangi qizil bo'lib, 18-sektorda ishqibozlar klubi faollari bilan jamoamizni qizg'in qo'llab-quvvatlashni istagan muxlislar qizil rangdagi futbolkalarni sotib olishlari mumkin. 18-sektorga kirish huquqini beruvchi chiptalar esa, bepul!

Futbolkalarni harid qilish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

+99893 415 1918
+99895 200 4441.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcandijon.uz