"Andijon": Ishqibozlar klubi a'zolari diqqatiga!

29 iyun 2016, 22:43
1 iyul, juma kuni Namangandagi “Markaziy” stadionda ishqibozlarni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi.

Shu kuni “Andijon” jamoamiz “Navbahor” mehmoni bo'ladi. Bo'lajak uchrashuvga ayni damda “burgutlar” astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Bo'lajak o'yinda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi nihoyatda muhim. Shu bois “Andijon” klub rahbariyati, ishqibozlar klubi a'zolariga qulaylik yaratish maqsadida maxsus transportni tashkil etmoqda.
Shu bois Namanganga borishni istagan muxlislar klubi a'zolari 1 iyul kuni, soat 15:00da “Sog'lom avlod” stadioni yaqinida joylashgan “Polyaris” kafesi yoniga kelishlari so'raladi. Shuningdek faxriy ishqibozlar uchun ham a'lohida transport ajratilmoqda. Namanganga borib kelish, bepul.

Murojaat uchun telefon: +99893 415 1918 (Furqatbek).

O'xshash yangiliklar


Manba: fcandijon.uz