Andijon futbol klubi GM-Uzbekistan bosh direktorini tabriklaydi!

19 avg 2018, 16:47
Bugun Andijon futbol klubining bosh homiysi GM-Uzbekistan AJ bosh direktori Rustam Rajabovning tug'ilgan kuni.


Rustam Baxtiyorovichni, ko'p yillardan buyon Andijon viloyatida, xususan shu orqali butun O'zbekistonda sportning birinchi raqamli turi - futbolni taraqqiy ettirishda qo'shayotgan xissalari salmoqli bo'lmoqda. 

Qolaversa, Rajabov Andijon futbol klubiga u qadar bee'tibor emas. Aksincha jamoamizni har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelmoqda. 

Bugun etuk rahbar, shuningdek futbolning ashaddiy ishqibozi sanaladigan Rustam Baxtiyorovich, o'zining 39 yoshini qarshi oldi.

Shu munosabat bilan u kishiga Andijon professional futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va barcha ishchi xodimlar nomidan uzoq umr, sihat salomatlik, oilasiga tinchlik-totuvlik va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi fidokorona ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.  

Andijon futbol klubining kelgusida yanada rivoj topish yo'lidagi say-harakatlar ijobiy samara beradi va bu o'zbek futboli obro'sini xalqaro arenalarda yanada yuqori ko'tarishga hissa qo'shadi deb ishonamiz. 

Ishonamizki, Rustam Baxtiyorovich qo'li ostida “Andijon” futbol klubi yorqin g'alabalar orqali yangidan-yangi marralarni zabt etadi.


Yana bir bor tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin Rustam Baxtiyorovich!


Andijon futbol klubi mamuriyati.


O'xshash yangiliklar


Manba: t.me/@fcandijan