Andijon ertaga Cementchi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2018, 11:57
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan andijonliklar ertaga navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eldor Sakaev boshqaruvidagi burgutlarning navbatdagi raqibi super liga vakili Quvasoyning Cementchi jamoasi bo'ladi. Mazkur uchrashuv ertaga Andijon shahridagi, Bo'ston dahasida joylashgan Bolalar-o'smirlar futbol maktabining sun'iy koplamali maydonida bo'lib o'tadi.

O'yinning boshlanish vaqti soat 12:00ga belgilangan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати